AI agentlar va integratsiya
Nima kiradi
- AI avto-javob: Telegram / Instagram / WhatsApp, biznes ma'lumoti asosida
- Bilim bazasidan javob (RAG): hujjatlar, FAQ, narxlar
- AI baholash va tekshirish — strukturalangan natija, odam tasdiqlaydi
- Agentlar zanjiri: tadqiqot → reja → matn → tarjima
- Eval: javob sifatini o'lchash to'plami
- Xarajat nazorati va model almashtirish (Claude, Gemini, OpenRouter, lokal)
- Prompt injection himoyasi, loglarda maxfiylik
Kimga kerak
- Ko'p murojaat oladigan bizneslar — 24/7 javob kerak
- Ta'lim va kontent — baholash, tekshirish, material yaratish
- Takrorlanadigan aqliy ish (tahlil, xulosa, tarjima) bor jamoalar
Qanday ishlaymiz
- 1Qaysi vazifa AI'ga, qaysi odamga — chegarani chizamiz
- 2Prototip real ma'lumotingizda — sifatni ko'rasiz
- 3Backend'ga ulash, eval va nazorat paneli
- 4Ishga tushirish, sifatni muntazam o'lchash
Tez-tez so'raladi
AI xato qilsa nima bo'ladi?
Ishonchsiz holatda to'qib chiqarmaydi — odamga uzatadi. Har javob loglanadi, sifat eval bilan o'lchanadi.
Shu xizmat kerakmi?
Qisqacha yozing: nima bor, nima kerak, qachon. 24 soat ichida yechim varianti, bosqichlar va narx oralig'ini qaytaraman.
Taklif yozishMisollar — AI agentlar va integratsiya
Shu xizmat doirasida qilingan real ishlar
Vocably
So'z yodlash, IELTS mashqi va AI suhbatdosh — bitta joyda. 14 ta o'rganish rejimi, Reading/Listening/Writing/Speaking bo'limlari, reyting va do'stlar chati.
IELTS mock platforma (Everest Mock)
O'quv markazi uchun IELTS mock imtihon platformasi: Reading, Listening, Writing. Yozma ishni AI band shkalasi bo'yicha baholaydi, o'qituvchi tasdiqlaydi.
Promtchi HQ
Brauzerda ochiladigan 3D ofis: har bir xonada o'z vazifasi bor AI agent — tadqiqot, kontent reja, senariy, tarjima. Three.js'da qurilgan.
Portfolio bot
Telegram'da men haqimda so'rang — bot javob beradi. Mijoz xabarlarini menga yo'naltiradi, bilim bazasi /knowledge buyrug'i bilan yangilanadi, 3 tilda.