Shaxsiy

Promtchi HQ

AI agentlar ishlaydigan 3D virtual ofis
2025O'zim uchun qilganlarimRolim: 3D interfeys va integratsiya

G'oya

Marketing agentligida ish zanjiri bor: trend tahlili → kontent reja → senariy va kopirayting → tarjima (EN→UZ). Har bir bosqichni alohida AI agent bajaradi. Buni jadval emas, 3D ofis sifatida ko'rsatsak — jamoa jarayonni «ko'radi».

Nima qurildi

Three.js'da virtual ofis: xonalar, agentlar, ular orasidagi topshiriq oqimi. Agentlar spetsifikatsiyasi hamkasbim Samandar tomonidan yozilgan; 3D interfeys va integratsiya — mening ishim.

Holat

Prototip. Shu yerdagi avatar va 3D elementlar ham o'sha tajribaning davomi.

Shunga o'xshash tizim kerakmi?

Shu loyihadagi yadro — Three.js, WebGL, AI agentlar — sizning sohangizga ham moslashadi. Muammoni yozing, 24 soat ichida yechim taklifini qaytaraman.

Taklif yozish