Vocably
Muammo
Ingliz tilini o'rganuvchi so'z yodlash uchun bitta ilova, IELTS mashqi uchun boshqa sayt, savol so'rash uchun uchinchi joyga yuradi. Har joyda alohida akkaunt, alohida progress.
Yechim
Vocably — bitta hisob, bitta progress. So'z yodlashning 14 ta rejimi (kartochka, tanlov, yozish, eshitish va boshqalar), IELTS bo'limlari, do'stlar bilan reyting va chat, hamda AI chat: so'zni kontekstda tushuntiradi, misol beradi, yozma ishni tekshiradi.
Texnik tomoni
Next.js (Vercel) + MongoDB. AI qatlami OpenRouter va Gemini orqali — model almashtirish bir qator sozlama. To'liq admin panel: statistika, foydalanuvchilar, reportlar, audit log, kontent studiyasi va AI natijalarini tekshirish navbati — AI'ning har bir javobi odam ko'zidan o'tishi mumkin.
Nimani o'rgandim
AI mahsulotda eng muhim ekran — admin uchun «AI nima dedi va to'g'rimi?» ekrani. U bo'lmasa sifatni o'lchab bo'lmaydi.
Shunga o'xshash tizim kerakmi?
Shu loyihadagi yadro — Next.js, Vercel, MongoDB — sizning sohangizga ham moslashadi. Muammoni yozing, 24 soat ichida yechim taklifini qaytaraman.
Taklif yozish