Live

SocialAuto

Instagram izohiga avtomatik javob va DM yuboruvchi SaaS
2025Real ishlayotganRolim: Backend, frontend, mahsulot rejasi

Muammo

Instagram orqali sotadigan biznesda bitta post ostiga yuzlab bir xil izoh tushadi: «narxi?», «manzil?», «yetkazib berish bormi?». Odam ulgurmaydi, kechqurun kelgan lidlar ertalabgacha sovib qoladi.

Yechim

Biznes kalit so'zlarni va javob matnini sozlaydi. Izoh tushishi bilan tizim unga ochiq javob yozadi va foydalanuvchiga Direct'da havola yuboradi (comment-to-DM). Hammasi Meta'ning rasmiy webhook'lari orqali, akkauntga xavf yo'q.

Keyingi bosqich — lead assistant: DM'da ism va telefonni so'rab, Telegram, amoCRM yoki Bitrix24'ga uzatadi.

Texnik tomoni

FastAPI + ARQ fon vazifalari: webhook darhol qabul qilinadi, javob navbatda ishlanadi — Instagram'ning vaqt chegarasiga sig'adi. PostgreSQL va Redis real muhitda tekshirilgan 68 ta pytest unit test va to'liq webhook oqimi sinovi bor.

Frontend — Next.js 14, Tailwind, GSAP va Lenis: landing, login va 7 ta boshqaruv paneli sahifasi.

Nimani o'rgandim

Meta API bilan ishlashda eng qimmat narsa — webhook'ni imzo bilan tekshirish va takroriy hodisalarni yutish. Shuni birinchi kundan qursangiz, qolgani oson.

Shunga o'xshash tizim kerakmi?

Shu loyihadagi yadro — FastAPI, ARQ, PostgreSQL — sizning sohangizga ham moslashadi. Muammoni yozing, 24 soat ichida yechim taklifini qaytaraman.

Taklif yozish