Live

@vidyuklaydi_bot

Video yuklovchi va musiqa aniqlovchi Telegram bot
2024Real ishlayotganRolim: To'liq: bot, navbat, server

Muammo

Oddiy foydalanuvchi uchun videoni saqlab olish yoki undagi musiqani topish — bir nechta sayt, reklama va kutish. Telegram ichida bitta xabar bilan hal bo'lishi kerak.

Yechim

Bot havolani oladi, yt-dlp bilan yuklaydi, ARQ navbatida ishlaydi (bir vaqtda ko'p so'rov bo'lsa ham bloklanmaydi) va natijani qaytaradi. «Bu qaysi musiqa?» deb so'rasangiz, shazamio orqali aniqlab beradi.

Standart Telegram Bot API 50 MB'gacha fayl yuboradi — Local Bot API Server o'rnatilgani uchun bot 2 GB gacha fayl bilan ishlaydi.

Nimani o'rgandim

Botda eng yaxshi interfeys — interfeysning yo'qligi. Menyu, tugma, buyruq yo'q: havola → natija.

Shunga o'xshash tizim kerakmi?

Shu loyihadagi yadro — aiogram 3.x, ARQ, yt-dlp — sizning sohangizga ham moslashadi. Muammoni yozing, 24 soat ichida yechim taklifini qaytaraman.

Taklif yozish