Live
Chindan Group — brending
Logotipni vektorda qayta qurish va aydentika taqdimoti
Vazifa
Chindan Group'da logotip faqat past sifatli rastr ko'rinishda bor edi — chop etishga ham, saytga ham yaramasdi. Brendni tartibga keltirish kerak edi.
Nima qilindi
Logotip vektorda qaytadan qurildi, yangi belgi (znak) taklif qilindi, ranglar, shrift va qo'llanish qoidalari 27 slaydli aydentika taqdimotida jamlandi. Taqdimot HTML ko'rinishda — brauzerda ochiladi, hech qanday dastur kerak emas.
Natija
Mijoz vektor fayllar to'plami va brend qoidalarini oldi. Keyinroq shu asosda Chindan Group uchun ERP va yangi sayt ustida ish boshlandi.
Shunga o'xshash tizim kerakmi?
Shu loyihadagi yadro — Vektor grafika, Aydentika, HTML taqdimot — sizning sohangizga ham moslashadi. Muammoni yozing, 24 soat ichida yechim taklifini qaytaraman.
Taklif yozish