AI IELTS Writing'ni qanday baholaydi — va nega oxirgi so'z o'qituvchida
IELTS Writing'ni tekshirish — o'qituvchining eng ko'p vaqt oladigan ishi. Bitta ishga 10–15 daqiqa, guruhda 20 o'quvchi. AI buni daqiqaga tushiradi — agar to'g'ri qurilsa.
Shunchaki «baho qo'y» emas
Modeldan «bu ishga nechchi?» deb so'rasangiz, u ishonchli ohangda tasodifiy raqam aytadi. Shuning uchun baho strukturalangan: IELTS'ning to'rtta mezoni — Task Achievement, Coherence and Cohesion, Lexical Resource, Grammatical Range and Accuracy — har biriga alohida band va aniq izoh, matndan misol bilan. Umumiy band shundan hisoblanadi.
O'qituvchi tasdiqlaydi
Everest Mock'da AI bahosi o'quvchiga darhol ko'rinmaydi — avval o'qituvchiga. U tasdiqlaydi yoki o'zgartiradi. Vocably'da esa AI natijalarini tekshirish navbati bor: admin har qanday javobni ko'rib, belgilab qo'yishi mumkin. Bu ikki narsa beradi: o'quvchi uchun ishonch va biz uchun sifat o'lchovi — AI qayerda adashayotganini ko'ramiz.
Narx
Har bir baholash — AI so'rovi. Model OpenRouter orqali tanlanadi: Writing uchun kuchliroq, oddiy savollar uchun arzonroq. O'quv markazi uchun bu bir o'quvchiga oyiga bir necha ming so'mdan oshmaydi.
O'quv markazingiz uchun shunday tizim kerakmi? Yozing — Everest Mock tayyor yechim sifatida sizning brendingiz bilan ishga tushadi.
Keyingi yozuv: Nega AI loyiha avval backend'dan boshlanadi
O'qish