Nega AI loyiha avval backend'dan boshlanadi
Mijoz «bizga AI kerak» deydi. Men esa birinchi savolni beraman: ma'lumot qayerda? Javob ko'pincha — Excel, Telegram guruhi va bir necha odamning xotirasida. Shu yerda hamma narsa hal bo'ladi: AI ma'lumotsiz ishlamaydi, ma'lumot esa tartibsiz bo'lsa, AI tartibsizlikni tezlashtiradi, xolos.
Avval ishonchli asos
Har bir AI loyihamda tartib bir xil. Avval ma'lumotlar modeli: nima saqlanadi, kim ko'ra oladi, qaysi hodisa qachon yoziladi. Keyin fon vazifalari — AI'ga so'rov sekund emas, ba'zan o'n sekund oladi; foydalanuvchini kuttirmaslik uchun navbat kerak (men ARQ ishlataman). Keyin tenantlar izolyatsiyasi: bir mijozning ma'lumoti boshqasiga ko'rinmasligi har bir so'rovda tekshiriladi. Va testlar.
Shundan keyingina AI qatlami: qaysi model, qanday prompt, javob sifatini qanday o'lchaymiz.
AI bilmasa — odamga
Eng muhim dizayn qarori: AI ishonchsiz bo'lsa nima bo'ladi? Mening javobim — hech qachon to'qib chiqarmaydi, odamga uzatadi. SocialAuto'da bu operatorga o'tkazish, Vocably'da — AI natijalarini tekshirish navbati, Everest Mock'da — o'qituvchi tasdiqlaydi. Odam oxirgi so'zni aytadi, AI vaqtni tejaydi.
AI — maqsad emas, vosita. Mahsulot ishonchli backend ustida turadi, AI unga aql qo'shadi.
Xarajat va sifat o'lchanadi
Har bir AI so'rovi pul. Shuning uchun model tanlash bitta sozlama bo'lishi kerak (OpenRouter orqali almashtiraman), har bir javob loglanadi va kichik eval to'plam bilan sifat vaqti-vaqti bilan tekshiriladi. «Ishlayapti shekilli» — natija emas.
Agar sizda AI loyiha g'oyasi bo'lsa, birinchi suhbatda men ma'lumot va jarayon haqida so'rayman, model haqida emas. Endi nega ekanini bilasiz.
Keyingi yozuv: Instagram izohidan lidgacha: comment-to-DM qanday ishlaydi
O'qish