Instagram Meta API SocialAuto

Instagram izohidan lidgacha: comment-to-DM qanday ishlaydi

Jamolxon19 oktabr 20255 daqiqa

Instagram'da sotadigan biznes uchun eng qimmat izoh — «narxi?». Uni yozgan odam sotib olishga tayyor, lekin javobni 2 soatdan keyin olsa, raqobatchiga ketadi. SocialAuto aynan shu 2 soatni 30 soniyaga tushiradi.

Oqim

  1. Meta webhook izoh tushganini xabar qiladi.
  2. Tizim izohni kalit so'zlar bilan solishtiradi («narx», «qancha», «manzil»).
  3. Izohga ochiq javob yoziladi («Direct'ga yozdik ✓») va foydalanuvchiga xususiy xabar yuboriladi — narx, havola yoki forma.
  4. Keyingi bosqichda lead assistant ism va telefonni so'raydi va CRM'ga (amoCRM, Bitrix24) yoki Telegram'ga uzatadi.

Qaltis joylar

Webhook imzosi. Meta har bir so'rovni X-Hub-Signature-256 bilan imzolaydi. Tekshirmasangiz, istalgan odam sizning tizimingizga «izoh» yuborishi mumkin.

Takroriy hodisalar. Meta bir hodisani ikki marta yuborishi mumkin. Har bir hodisaning ID'si saqlanadi; takrori yutib yuboriladi — aks holda mijoz ikki marta DM oladi va bu spam.

Vaqt chegarasi. Webhook'ga tez javob berish kerak. Shuning uchun FastAPI so'rovni darhol qabul qiladi, ishni ARQ navbatiga tashlaydi va 200 qaytaradi; javob yozish fonda bo'ladi.

Limitlar. Instagram bir akkauntdan qisqa vaqtda ko'p DM yuborishni yoqtirmaydi. Redis'da rate limit — akkaunt bloklanmasligi uchun.

Nega testlar

SocialAuto backend'ida 68 ta unit test real PostgreSQL va Redis'da ishlaydi, qo'shimcha to'liq webhook oqimi sinovi bor. Meta API bilan ishlaganda «mahalliy muhitda ishladi» yetarli emas — hodisalar ketma-ketligi haqiqiy bazada tekshirilishi kerak.

Instagram orqali sotasizmi? Shu mexanikani sizning akkauntingizga ulab beraman — taklif yozing.

Keyingi yozuv: AI yozgan kodni xavfsiz ishga tushirish: 16 zaiflikdan olingan saboqlar

O'qish