Sotuvda

Onlayn do'kon (AppleShop)

Rang va xotira variantlari bilan e-commerce + admin panel
2024Tayyor yechimlar — sotuvdaRolim: To'liq

Kimga

Smartfon, noutbuk va aksessuar sotadigan do'konlar — mahsulotning rang va xotira kabi variantlari, har variantga alohida narx va qoldiq kerak bo'lgan joyda.

Nima bor

Katalog, filtrlar, variantli mahsulot kartasi, savat va buyurdma oqimi, admin panel: mahsulot, qoldiq, buyurtmalar, mijozlar. Backend — Django REST (API boshqa ilovalar uchun ham ochiq), frontend — Next.js.

Moslashtirish

Logotip, ranglar, to'lov tizimi (CLICK/Payme), yetkazib berish qoidalari — sozlanadi. Telegram'ga buyurtma bildirishnomasi qo'shiladi.

Shunga o'xshash tizim kerakmi?

Shu loyihadagi yadro — Django REST, Next.js, PostgreSQL — sizning sohangizga ham moslashadi. Muammoni yozing, 24 soat ichida yechim taklifini qaytaraman.

Taklif yozish